insurez
10-09-2025 14:34

YOSHLAR MASALALARI DOIMIY E'TIBORDA


Pastdarg'om tumanida "Og'ir" toifadagi va "Otaliqqa olingan yoshlar" bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish shtabining navbatdagi muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Tuman hokimi o'rinbosari, DXX tuman masʼuli va tegishli mutasaddilar ishtirok etgan muhokama yig'ilishida ishsiz hamda "otaliqqa olingan" yoshlarga biriktirilgan tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu toifadagi yoshlar bilan individual ishlash, ular bilan uchrashuvlar o'tkazish, muammo va takliflarini o'rganish, ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish hamda kelgusi maqsadlari bilan qiziqish lozimligi xususida so'z yuritildi.

Shu kabi, joriy yil oxiriga qadar Pastdarg'om tumanini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar borasidagi aniq vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -