insurez
07-05-2025 18:23

"YОSHLAR BOG‘IDA" KO‘NGILOCHAR TADBIRLAR VA MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI


Bugun, Juma shahridagi "Yoshlar bog‘ida" aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida bir qator ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari hamda boshqa isteʼdodli sanʼatkorlarning chiqishlari joy olgan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, musiqa va sanʼat maktablarining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ishlangan sanʼat asarlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tuman hokimligi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 10 dan ortiq tashkilot va korxonalarda mavjud 200 ga yaqin vakansiyalar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.

Teglar
- -