"YОSHLAR SHTABI"NING JORIY YILDAGI VAZIFALARI BELGILANDI
Tuman hokimi J.Pardayev, tuman DXX rahbariyati hamrohligida “og‘ir” toifadagi va "otaliqqa olingan yoshlar" bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish shtabi faoliyati yuzasidan navbatdagi tahliliy muhokama uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda, har bir masʼul o‘ziga biriktirilgan pastdarg‘omlik yoshlar bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yishi, ularning taʼlim-tarbiyasi, qiziqishlari, muammolari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha individual ishlashi xususida so‘z yuritilib, bu boradagi aniq vazifalar belgilab olindi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ish bilan taʼminlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xulqida o‘zgarish bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy profilaktik qo‘shma xulosalarni yakunlash bo‘yicha aniq maʼlumotlar keltirilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, zimmasiga yuklatilgan masʼuliyatni his qilmayotgan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.




