YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Pastdarg‘om tumani hokimi J.Pardayev, DXX tuman masʼuli, tegishli o‘rinbosar va mutasaddilar hamrohligida, "Payshanba - yoshlar kuni" munosabati bilan hududlar bo‘ylab yoshlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Dastlab, tumandagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini o‘rganish barobarida, ushbu taʼlim dargohida yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayoni bilan tanishdi.
So‘ng, 81-umumiy o‘rta taʼlim maktabida Temiryo‘l, Zormon va Qorasuv mahallalarida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar ishtirokida "Hokim va yoshlar" ochiq muloqoti o‘tkazilib, unda yosh avlod vakillarining muammo hamda takliflari tinglandi.
Har ikkala uchrashuvda ham, yoshlar tomonidan ilgari surilgan masalalar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.




