insurez
27-02-2026 16:48

YOSH SPORTCHI TAQDIRLANDI


2026-yilning 2-10-fevral kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.

Yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar o‘zaro kuch sinashgan musobaqada, Pastdarg‘om tumani 55-maktab o‘quvchisi Davlatbek Sheraliyev 40 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kirtdi.

Kuni kecha, tuman hokimining o‘rinbosari S.Hamrayev ishtirokida, sportchi o‘quvchini tabriklash maqsadida tadbir o‘tkazilib, uning ota-onasi va ustoz, murabbiylariga minnatdorchilik bildirildi.

Teglar
- -