YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI
Tuman IIB YHXG hamda 3-alohida otryad xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilyapti.
Shu o‘rinda hurmatli haydovchilarga shuni taʼkidlashni lozim topdik. Svetoforning qizil chirog‘i, yo‘llarni bezash yoki yoritish uchun emas, harakat xavfsizligini taʼminlagan holda, yo‘llarni tartibga keltirish uchun o‘rnatiladi.
Buni ayrim qo‘shtirnoq ichidagi "Eng zo‘r" haydovchilar inobatga olib yo‘l qoidalariga amal qiladi degan umiddamiz.
Negaki, qandaydir sababga ko‘ra qilingan bir qonunbuzarlik, ehtiyotsizlik oqibatida boshqasiga debocha bo‘lishi hech gap emas.