insurez
25-02-2026 16:34

YANGIOBOD MFYDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi 1- va 2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Pastdarg‘om tumanida "Xavfsiz hudud maxsus" profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani xususida xabar qilgan edik.

Yangiobod mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor profilaktik tadbirda viloyat IIB boshlig‘i T.Aripov, tuman hokimi J.Pardayev, DXX tuman masʼullari, prokuror, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi, tuman IIB boshlig‘i boshchiligidagi tarkibiy qism, tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi muqaddam sudlangan, Probatsiya hisobida turgan, jinoyat sodir etishga moyil va jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, shuningdek, notinch oilalar hamda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan fuqarolar mahalla binosida tashkil etilgan “Filtr” guruhiga olib kelinib, ular bilan qayta jinoyat sodir etmaslik yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda barmoq izlari olindi.

Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularning yechimlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -