insurez
21-08-2024 18:03

YANGI O‘QUV YILIGA HOZIRLIK


Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu bois, barcha o‘quv maskanlarida taʼlim jarayonlariga tayyorgarlik ishlari avj pallaga yetgan.

Tuman hokimi 109-84-umumtaʼlim maktablarida bo‘lib, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari, binolar tashqi qismi hamda sinfxonalar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida, yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, taʼlim sifatini yanada oshirish, kelajak uchun har tomonlama yetuk kadrlar yetishtirishda barcha birdek harakat qilishi va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashib, sidqidildan ado etishi lozimligi taʼkidlandi.

Tayyorgarlik jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf qilish bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, bu bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Teglar
- -