YANGI EKSPORTYOR KORXONA FAOLIYAT BOSHLAYDI
Tumanimizda yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlar sababli, salohiyatli tadbirkorlar soni ortib bormoqda.
“Kamolot” mahallasida ham Turkiyalik investorlar hamkorligida "Han Agro" korxonasi tashkil etilyapti.
Loyiha qiymati 28 milliard so‘m bo'lgan, dukkakli o‘simliklarni qayta ishlash va qadoqlab xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan shugʻullanadigan ushbu korxona ishga tushishi natijasida, dastlab, 20 dan ortiq doimiy yangi ish o‘rni yaratilishi ko'zda tutilgan.
Tuman hokimi tegishli o'rinbosar va mas'ullar hamrohligida ushbu qo'shma korxonada bo'lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuvda, korxona rahbarlari Firdavs Nabiyev va Mexmed Abe bilan kelgusidagi rejalar xususida kelishib olinib, ularning faoliyati davomida mas'ullar tomonidan qonun doirasidagi barcha yordamlar ko'rsatilishi ta'kidlandi.