insurez
12-02-2026 09:16

YANGI MAHALLA BINOLARI BUNYOD ETILADI


Viloyat mablag‘lari hisobidan tumanimizdagi Kamolot, Qo‘shchinor, Iskandari, To‘qboy, Mustaqillik mahallalari uchun yangi maʼmuriy binolarni qurish hamda Oq Mang‘it va Baxshiboyi mahallalarining mavjud binolarini rekonstruksiya qilish belgilangan.

Bu borada binolarni bunyod etish uchun yer maydonlari tanlab olingan bo‘lib, ayni kunlarda qurilish ishlari boshlanish arafasida.

Ayni paytda tuman hokimi J.Pardayev, tegishli o‘rinbosar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda, mazkur mahallalarda bo‘lib, bunyodkorlik ishlarini risoladagidek olib borish, o‘z vaqtida yakunlash, barcha talab va meʼyorlarga rioya qilish yuzasidan ko‘rsatma, topshiriqlar bermoqda.

Teglar
- -