XUSUSIY TIBBIYOT MARKAZIDA
Islohotlarning dastlabki kunlaridan boshlab aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ustuvor vazifa sifatida qarab kelinmoqda.
Tibbiyot tizimida davlat shifoxonalari bilan birga xususiy meditsina ham rivojlanmoqda.
Ayni paytda, tumanimizda 11 ta xususiy tibbiyot markazlari faoliyat yuritmoqda.
Pastdarg‘om tumanining Nayman mahallasi hududida "Bio life Medical" xususiy klinikasi shular jumlasidandir.
Ayni paytda, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu klinikada terapevt, urolog, nevropatolog, kardiolog, ortoped, neyroxirurg, lor, laboratoriya, UZI, EKG, jarrohlik blogi va fizioterapiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan bir qatorda, yangi binoda qurilish va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida ushbu xususiy tibbiyot klinikasida bo‘ldi.
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va ularga qulay sharoit yaratish xususida so‘z yuritildi.