insurez
28-02-2026 16:54

XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI


Yurtimizda "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan turli sport musobaqalari o‘tkazilayotgan bo‘lib, Samarqand shahrida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida o‘tkazilayotgan musobaqaning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan xotin-qizlar o‘rtasidagi murosasiz bellashuvlar bilan kechgan musobaqalarda, Pastdarg‘om tumani sportchi xotin-qizlari ham yuqori natijalarni qayd etdi.

Jumladan,

Olmazor mahallasi vakilasi Shohodat To‘qliyeva stol tennisi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,

Sanchiqul mahallasi xotin-qizlar jamoasi voleybol sport turi bo‘yicha 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

Teglar
- -