insurez
04-10-2025 18:32

XOTIN-QIZLAR MASALALARI E'TIBOR MARKAZIDA


Pastdarg‘om tumanida xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish, ular ishtirokidagi jinoyatlar hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi o'rinbosari Z.Saidova, tuman hokimi o'rinbosari N.Qorayeva, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati a'zolari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda ham aynan mazkur masalalar muhokama markazida bo'ldi.

Shuningdek, har bir notinch va ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual ishlash, xotin-qizlar o'rtasidagi jinoyatchilikni barvaqt aniqlash, oldini olish, ularga o'zini-o'zi band qilishi uchun imkoniyatlar yaratish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -