“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda
Viloyat hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlarni sifatli o‘tkazish, aniqlangan salbiy holatlarga keskin choralar ko‘rish bo‘yicha ertalabki xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazilib, Pastdarg‘om tumani ko‘chalari bo‘ylab barcha xodimlar xizmatga jalb etildi.
Sohaviy xizmat xodimlari bilan kuchaytirilgan reyd tadbirlari tuman ko‘chalari bo‘ylab olib borilmoqda.