XALQARO MUSOBAQANING TUMAN BOSQICHI O'TKAZILDI
Yurtboshimizning PQ-346-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 562-son qarorlari asosida Pastdarg‘om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida junior (6-10 yosh) hamda senior (11-17 yosh) yosh toifasidagi o‘quvchilar o‘rtasida "Xalqaro ingliz tili ELO"ga saralashning tuman bosqichi o'tkazildi.
Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida o'tkazilgan bellashuvlarda tumandagi 129 ta umumtaʼlim maktablaridan jami 350 nafar o‘quvchi ishtirok etishdi.
Bunda ishtirokchilar belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlagan loyihalarini namoyish etib, ingliz tilida taqdimot o'tkazishdi.
Jami 20 ballik baholash mezonida g'olib deb topilgan o'quvchilar musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Bu kabi bellashuvlar iqtidorli o'quvchilarni saralab olish, munosib taqdirlash va to'g'ri yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




