insurez
20-08-2024 17:59

"TURON" JAMOASI YANGI MARRALAR SARI


Tumanimizda boshqa sohalar qatori sportga ham jiddiy eʼtibor qaratilyapti. Bunda, sportchilarga yetarlicha qulay sharoit va muhit yaratib berish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan bunda, "Turon" futbol jamoasi faoliyatini yuksaltirish ham maqsad qilingan.

Tuman hokimi mazkur jamoa vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida yosh sportchilarga rahbariyat tomonidan barcha zarur ko'maklar ko'rsatilishi hamda qo'llab-quvvatlanishi aytildi.

Buning evaziga esa, futbolchilar olg'a intilishlari va ulkan marralarni zabt etishlari lozimligi ta'kidlandi.

Shundan soʻng, tuman hokimiga futbol jamoasining rasmiy kiyimi taqdim etildi.

Bundan tashqari, tuman hokimligi mehnat jamoasi hamda "Turon" futbol jamoasi o'rtasida do'stlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Teglar
- -