TUNLAR CHAROG‘ON BO‘LISHI UCHUN
♻️Tungi yoritgichlar yo‘llarni charog‘on qiladi. Bugun nafaqat tuman markaziga, balki qishloq ko‘chalariga ham tungi chiroqlar o‘rnatilmoqda. Bu esa aholiga qulaylik yaratmoqda, albatta.
🚗Tumanimiz hududidan kesib o‘tgan Samarqand-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida 1229 ta tungi chiroqlar o‘rnatilgan bo‘lib, 650 tasi qayta taʼmirlashga muhtoj bo‘lib qolgan.
⚡️Shu kunlarda 4R-46 Samarqand-Pastdarg‘om-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi Bog‘ishamol yo‘l korxonasi tomonidan tungi yoritgichlarni elektr energiyasi bilan taʼminlash qisida taʼmirlash, butlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅Shuningdek, yangi hisoblagichlar o‘rnatilib, tungi vaqti o‘zi yonib o‘chishi uchun avtomatik qurilmalar bilan jihozlanyapti.