insurez
11-09-2025 14:43

TUMAN AHOLISI UCHUN SAYYOR QABUL


Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularga yechim topish maqsadida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Tuman markazidan eng olis hududda joylashgan Chimboy mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, IIB boshlig‘i hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kadastr, bandlik, kontrakt to‘lovi uchun ko‘mak, kredit, soliq kabi turli murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Teglar
- -