insurez
12-09-2024 14:49

TO‘QSONBOSTI EKINLAR - MO‘L HOSIL GAROVI


Tumanimizdagi "Eski Juma" mahallasida "Aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklari yer maydonlariga kuzgi to’qsonbosti ekinlarini ekish, tomorqalardan samarali foydalanish" bo’yicha seminar o’tkazildi.


Pastdarg'om tuman Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari, mahalla mas'ullari va tegishli mutasaddilar ishtirokida o’tkazilgan seminarda tumanning tajribali dehqonlari  to’qsonbosti ekinlari ekish, parvarishlash va mo’l hosil olish borasidagi bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashdi.

Aholining sabzavot mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to’la qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025-yil hosili uchun hozirdan harakatga kirishish, ekinlarni o’z vaqtida ekish zarurligini ta’kidlab o'tildi.

Teglar
- -