#Topshiriq_va_ijro
HUDUDLAR OBODLIGI YO‘LIDA
Kuni kecha tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Juma shahri hududi bo‘ylab aholi kayfiyati, yashash sharoitlari va olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha piyoda o‘rganish olib bordi.
Bunda, asosiy va ichki ko‘chalarni, ko‘p qavatli uylar va binolar fasad qismi hamda atrofini tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, ko‘chatlar ekish, gulzorlashtirish shuningdek, ekilgan nihollarni sug‘orish tizimi bilan taʼminlash kabi bir qator masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, PQ 1-sonli qaror ijrosi, obodonlashtirish, xavfsiz muhitni shakllantirish, piyodalar yo‘lakchalari barpo etish, tungi chiroqlar o‘rnatish, kameralashtirish, harakat xavfsizligini taʼminlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, ushbu keltirilgan masalalar yuzasidan olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Ayni paytda mazkur berilgan topshiriqlarga asosan bajarilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda.