TOMORQADAN UNUMLI FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR
Pastdarg‘om tumanida aholi tomorqasi va ijaraga ajratilgan yer maydonlarida asosiy ekinlar ekishga tayyorgarlik ko‘rish, ko‘chat va urug‘liklar yetkazib berish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Joul Qosim MFYda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari va masʼullari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, ko‘p daromadli ekinlar ekib, yuqori hosil olish, sabzavotchilik, ko‘katchilik, giloschilik kabi serdaromad yo‘nalishlarni yana-da rivojlantirish, “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili asosida mahallani bir mahsulotga ixtisoslashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu mahalladagi o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, yuqori daromadga erishayotgan xonadonlar egalarining faoliyati, seminar ishtirokchilariga namuna sifatida ko‘rsatildi.




