insurez
26-05-2025 14:21

TAZARRU SPEKTAKLI NAMOYISHI


Pastdarg‘om tumani Madaniyat uyida aholi kayfiyatini yaxshilash va ularga maʼnaviy hordiq chiqarishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan “Tazarru” spektakli namoyish etildi.

Tumanda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yana-da yaxshilash va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish borasida namoyish etilgan dramaturg Farmon Toshev qalamiga mansub spektakl barcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Spektaklda ijro etilgan ibratli va hayotiy sahna ko‘rinishlari barchani chuqur mulohaza qilishga undadi.

Teglar
- -