TASHRIFIDAN SO'NG
Kuni kecha, tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli mutasaddilar va mahalla mas'ullari hamrohligida Turon, Amir Temur, Alisher Navoiy nomli mahallalardagi ko‘p qavatli uylar va hovlilarda istiqomat qilayotgan aholining yashash tarzi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, ichki ko‘chalarning bugungi kundagi ahvoli bo'yicha o‘rganish olib borgani va masʼullar hamda aholi bilan qilinadigan ishlar yuzasidan kelishib olingani xususida xabar qilgan edik.
Ayni paytda, mazkur berilgan topshiriqlarga asosan ushbu hududlarda ishlar qizg'in boshlab yuborilgan.
Jumladan, gaz quvurlari va elektr tarmoqlarini texnik ko'rikdan o'tkazib, kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ichki ko‘chalar, binolar atrofi va fasad qismini tartibga keltirish hamda obodonlashtirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
Muxtasar aytganda, aholi birdamligi va masʼullar hamkorligida mazkur mahallalarni obod qilishga kirishilgan.