“Tashabbusli byudjet” bo‘yicha yangi tartiblar tushuntirildi
Pastdarg‘om tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mahalla masʼullari, faollar va tegishli mutasaddilar ishtirok etgan uchrashuvda “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2026-yil 1-mavsumidan boshlab takomillashtirilishi, jumladan, birgalikda moliyalashtirish amaliyoti joriy etilishi ma’lum qilindi.




