insurez
13-09-2024 14:54

TAʼLIM DARGOHLARIDA BUNYODKORLIK ISHLARI


Xabaringiz bor, yaqinda nishonlangan istiqlol shodiyonalari doirasida tumanimizda  bir qator obyektlar foydalanishga topshirildi.

Hozirda ham, bir nechta maktablarda taʼlim jarayoniga xalaqit qilmagan holda, qo‘shimcha binolar qurish, o‘quv dargohlarini yana-da yaxshilash borasidagi ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

Tuman hokimi tegishli mutasaddilar hamrohligida umumiy o‘rta taʼlim maktablarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Jumladan, “Qo‘qoni” mahallasidagi 20-sonli maktabdagi 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari ko‘zdan kechirildi.

"SHERBEK SEVINCH SIFATLI" xususiy korxonasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlarining qiymati 1 milliard 829 million so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, “Boltali” MFYdagi 26-umumiy o‘rta taʼlim maktabidagi 210 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish ishlari bilan tanishildi.

Mazkur taʼlim dargohidagi qurilish ishlari “MONTAJCHI” MCHJ tomonidan olib borilayotgan bo‘lib, loyiha qiymati 2 milliard 62 million so‘m.

O‘rganishlar davomida har ikkala maktab qurilishiga masʼul pudratchi quruvchilarga bunyodkorlik ishlarini o‘z muddatida sifatli holda yakunlash borasida topshiriqlar berildi.

Shu qatorda,  taʼlim sohasi va maktab masʼullariga taʼlim sifatini, o‘qituvchilar mahorati va saviyasini yana-da oshirish, kelajak uchun har tomonlama yetuk kadrlar yetishtirishda barchalari birdek harakat qilish lozimligi taʼkidlandi.

Teglar
- -