TAKRORIY EKIN - QO‘SHIMCHA DAROMAD KELTIRADI
Maʼlumki, tumanimizda 17 310 gektar yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun ajratilgan. Shundan 4048 nafar ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turuvchi fuqarolar uchun 2709 gektar yer maydonlari to‘g‘ri keladi.
Bugun, tuman hokimi prokuror hamda tegishli masʼullar hamrohligida tumanimizda birnecha kundan buyon davom etayotgan takroriy ekin ekish jarayonida ishtirok etdi. "Sherbek Nahanov fayzli dalalari" fermer xo‘jaligi dalasida tashkil etilgan seminarda har qarich yer maydonidan unumli foydalanish lozimligi xususida so‘z bordi.
Shuningdek, takroriy ekin uchun yer ajratishda fuqarolarning tadbirkorlik salohiyatiga, daromad olishga intilishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, shu kabi “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyiliga amal qilish shartligi taʼkidlandi.
Hozirga qadar barcha fuqarolarga yerlar to‘liq ajratilgan bo‘lib, ularda jadallik bilan ekin ekish ishlari davom etmoqda.