insurez
10-09-2025 14:32

TADBIRKORLAR QABULI O'TKAZILDI VA ULARNING FAOLIYATI O'RGANILDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov prokuror va tegishli masʼullar hamrohligida "Darg‘om parranda fayz" MCHJga tegishli binoda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal qilish uchun tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda tadbirkorlik uchun yer, gaz, elektr energiyasi, kredit kabi masalalar ilgari surildi va barcha murojaatlar tegishli tartibda mutasaddilarga yo'naltirildi.

Shu kabi, Kamolot mahallasidagi bir qator sanoat korxonalarida bo'lib, ularning faoliyati va muammolarini o'rgandi.

Dastlab, "ISHTIXON BLESSED BIRD" MCHJning 5,1 milliard so‘mlik "Kungaboqar pistasini ishlab chiqarish" loyihasi bilan tanishdi.

Shu kabi, "JAHON KERAMIKA INVEST" MCHJ tomonidan tashkil etilgan qiymati 1,34 milliard so‘mlik "G‘isht ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida "CHORDARA IMKON PLYUS" MCHJning qiymati 4,35 milliard so‘mlik "Oq sement ishlab chiqarish" loyihasi bo'yicha davom etayotgan ish jarayoni ham e'tibordan chetda qolmadi.

Shundan so'ng, "PALAZZIO PLUS" XK tomonidan qiymati  2,3 milliard so‘mlik "Qadoq mahsulotlari ishlab chiqarish" korxonasida bo'lib, u yerdagi ish jarayoni, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.

O'z navbatida "FENIKS FARIZODA OMAD" MCHJga qarashli "Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish" loyihasi bilan ham tanishildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -