TADBIRKORLAR FAOLIYATI VA MUAMMOLAR O'RGANILDI
Tumanimizning Kamolot mahallasida "505-son MKMK" MCHJ tomonidan asfalt ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, loyiha doirasida 45 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlangan.
Mazkur korxona tomonidan yiliga 20 milliard so‘mlik 40 ming tonna asfalt mahsuloti ishlab chiqarilib, yurtimizning turli hududlariga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, ushbu mahallada "Gold Sharq sifat" MCHJ tomonidan qiymati 1 million dollarlik "Rezina mahsulotlari ishlab chiqarish" loyihasi ham amalga oshirilgan bo‘lib, loyiha doirasida 16 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Korxonada yiliga 10 milliard so‘mlik qariyb 210 tonna rezina mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov har ikkala korxonada bo‘lib, ulardagi ish jarayoni, mahsulotlar sifati, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish barobarida, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.
Shu kabi, korxonalar rahbarlari bilan faoliyatini yana-da kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha suhbat o‘tkazib, bu borada qonun doirasidagi barcha ko‘maklar ko‘rsatilishi yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.