insurez
03-09-2024 14:06

TADBIRKOR - ELGA MADADKOR!


Tumanimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar natijasida koʻp tarmoqli ishbilarmonlar soni ortib bormoqda.

Jumladan, Kamolot mahallasida joylashgan “Ayisha Ar" MCHJ shaklidagi Eron va O’zbekiston  qo’shma korxonasi negizida parrandachilik, issiqxonachilik va baliqchilik xo‘jaligi tashkil etilgan.

Bugun, istiqlol shodiyonalari munosabati bilan mazkur loyiha ishga tushirilmoqda.

Ochilish marosimida sektor rahbarlari tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar vakillari, pastdarg‘omlik hamda narpaylik nuroniylar va faol fuqarolar ishtirok etyapti.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablagʻlari hisobidan qiymati 5,2 million dollarga amalga oshirilgan, yiliga 160 ming bosh parranda parvarishlash hamda 100 tonna osyotr va farel baliqlari yetishtirish quvvatiga ega ushbu loyihaning ishga tushishi natijasida 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Teglar
- -