Tadbirkorlar bilan muloqot: yangi ishlab chiqarishlar va eksport loyihalari
Pastdarg‘om tumanida haftaning har chorshanba kuni tadbirkorlar muammolarini o‘rganish odat tusiga kirgan bo‘lib, navbatdagi o‘rganishlar davomida tuman hokimi J.Pardayev Kamolot MFYdagi bir qator sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab, «Sadriddin» MCHJ tomonidan tashkil etilgan yillik savdo hajmi o‘rtacha 240 milliard so‘m bo‘lgan santexnika jihozlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonada o‘rganish olib bordi.
Shuningdek, "Teg losomotives" MCHJ tomonidan ishga tushirilayotgan qiymati 3,5 million dollarlik "Temir yo‘llar uchun shpallerlar ishlab chiqarish" loyihasi bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun, mazkur loyiha ishga tushishi natijasida, yiliga 600 ming dona temir yo‘llar uchun shpallerlar ishlab chiqarilib, 30 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
Shu kabi, "Ishtixon blessed birds" MCHJning kungaboqar pistasi qadoqlash korxonasini ko‘zdan kechirdi.
Taʼkidlash joizki, korxona tomonidan yiliga 2 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi va ularning qariyb 100 ming dollarlik qismi Afg‘oniston, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinadi.
O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan muammolar yechimlari yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.




