insurez
06-09-2024 14:27

SUV - TEKIN EMAS. UNI QADRLAYLIK!


Pastdarg‘om tumanida 2024-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida sarflanadigan suvni tejash choralarini ko‘rish maqsadida 58 kilometr masofadagi ichki suv tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan.

Hozirda, bu bo‘yicha keng qamrovli ishlar boshlab yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida joriy haftada tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Sh.Hamroyev tuman hokimi Sh.Rahmonov hamrohligida Xauzak kanalida hamjihatlik bilan olib borilayotgan betonlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, suv sarfini kamaytirish maqsadida bajarilayotgan ishlarga barcha birlashib hissa qo‘shishi lozimlini taʼkidladi.

Teglar
- -