insurez
07-03-2026 13:30

SPORT VAZIRLIGI MASʼULLARI ISHTIROKIDA SEMINAR


Pastdarg‘om tumani hokimligida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini kengaytirish hamda sport natijadorligini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Sport Vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Olimov, tuman hokim o‘rinbosari S.Hamroyev, sport taʼlim muassasalari rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida seleksioner-trenerlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish tartibi, “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali yoshlarni ro‘yxatga olish jarayonlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda masʼullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Teglar
- -