insurez
23-01-2026 16:51

Sovuq kunlarda ijtimoiy soha obyektlarining isitilishi doimiy nazoratda


Ayni kunlarda havo harorati keskin pasaygani bois, Pastdarg‘om tumanida maktab va bog‘chalar hamda tibbiyot muassasalarining issiqlik tizimiga eʼtibor kuchaytirilib, xonalar haroratini saqlash bo‘yicha masʼullar sergakligi yana-da oshirilgan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov joylardagi maktab, bog‘chalarda bo‘lib, ularning holati, qish mavsumiga tayyorligi hamda issiqlik tizimini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida Paxtakor mahallasidagi 112-maktabdagi issiqlik tizimi, dars jarayoni, xonalar harorati, obodonchiligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma, topshiriqlar berildi va bu borada aniq vazifalar belgilandi.

Teglar
- -