insurez
05-03-2026 13:18

"SOLIQ BILIMLARI - YOSH AVLODGA" KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI


Samarqand shahrida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tashabbusi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda tuman va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 54 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.

Bunda, 5–7-sinflar — rasm, 8–9-sinflar — insho, 10–11-sinflar — videorolik yo‘nalishlarida bellashdi.

Bellashuvda Pastdarg‘om tumani 12-maktab o‘quvchisi Nilufar Abdurahmonova "Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri" nominatsiyasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Teglar
- -