insurez
05-09-2024 14:25

"SOHIL BOʻYI XIYOBONI" TURIZM MASKANIDA DASTLABKI ISHLAR BOSHLANDI


Dargʻom kanali atrofida bunyod etilayotgan "Sohil boʻyi xiyoboni" turizm maskanida dastlabki ishlar boshlab yuborildi.

Tuman hokimi sektor rahbarlari, tegishli o'rinbosarlar va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvda har bir mas'ulga o'z sohasidan kelib chiqqan holda olib borayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Shundan so'ng, loyiha amalga oshiriladigan yerlarni tartibga keltirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulayliklar yaratish borasidagi ishlarga kirishildi.

Ayni paytda, maxsus texnikalar hamda tegishli ishchi xodimlar ishtirokidagi ishlar jadal suratda davom etmoqda.

Teglar
- -