SOHA EGALARI E'TIROF ETILDI
Ma’lumki, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda qurilish sohasi xodimlarining mehnati muhim oʻrin tutadi.
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga asosan, 2017-yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” sifatida nishonlab kelinadi.
Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanimizda uzoq yillar qurilish sohasida ishlagan faxriylar va hozirda faoliyat yuritayotgan pudratchi va quruvchilar uchun bayram dasturi hamda dasturxoni tashkil qilindi.
Unda, tuman hokimi Sh.Rahmonov hamda bu sohada ko‘p yillik tajribaga ega nuroniylar hozirda tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini eʼtirof etib, yig‘ilganlarga ushbu kun munosabati bilan samimiy tilaklarini bildirdilar.
Shu qatorda, ushbu sohada faollik koʻrsatgan, o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib kelayotgan namunali xodimlarga esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar topshirildi.