insurez
03-09-2024 14:12

SIFATLI TA‘LIM - KELAJAK POYDEVORI!


Yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tumanimizda yana bir umumiy o‘rta ta‘lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirilmoqda.

Sanchiqul mahallasida joylashgan 123-maktabning 220 o‘rinli qo‘shimcha binosi zamonaviy va barcha qulayliklarga ega holatda barpo etilgan.

1,2 milliard so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan binoning tantanali ochilish marosimida sektor rahbarlari tuman hokimi o‘rinbosarlari umumiy o‘rta taʼlim maktabi masʼullari, taʼlim fidoyilari va faollar ishtirok etishyapti.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari so‘zga chiqib bu kabi berilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan qulayliklardan unumli foydalangan holda, barchamiz kelajak avlod har tomonlama yetuk bo‘lib ulg‘ayishi uchun birdek harakat qilishimiz zarurligini ta‘kidkadi.

Teglar
- -