SHAYLIK HOLATI O‘RGANILDI
Tumanda 2024-yil paxta hosili uchun 304 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 16949 gektar yer maydoniga chigit ekib parvarish qilinmoqda.
Shundan, 5964 gektarida Omad, 9138 gektarida Buxoro-102, 14 gektarida Ravnaq-2 hamda 1833 gektar yer maydoniga Xinlu Zao-78 kabi xorijiy navlar ekilgan.
Ayni paytda, g‘o‘za maydonlarida so‘ngi agrotexnik tadbirlar olib borilyapti. Hademay, paxta yig‘im-terim mavsumi ham boshlanadi.
Tuman hokimi, tegishli o‘rinbosar va qishloq xo‘jaligi masʼullari hamrohligida paxta qabul qilish punktlarida bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
Bunda, texnikalar shayligi, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, mavsum davomida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tayyorgarlik jarayonida aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf qilish borasida tegishli masʼullarga topshiriqlar berilib, bu borada aniq muddatlar belgilandi.