insurez
16-08-2024 17:15

SERMAHSUL ISH KUNI


Tuman prokurori tumanimizda qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, bir qator baliqchilik fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga soliq to‘lovlari va kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, bu borada aniq muddatlar belgilandi.

Xuddi shunday, O‘zbekiston MMTP hududidagi "Gulmira Nasimjon" chorvachilik fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, yuqoridagi masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Shu qatorda, mazkur MMTPdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida g‘o‘za parvarishiga doir seminar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, agrotexnik tadbirlar hamda o‘g‘itlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng safar umumtaʼlim maktablarida davom etdi. Taʼlim dargohlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

Navbatdagi manzil Madaniy yurish mahallasi bo‘ldi. Ushbu mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazilib, murojaatlarga ijobiy yechim topish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi. Shu jumladan, mahalla hududidagi taʼmirtalab ko‘prikni zamonaviy holga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Teglar
- -