REJA UDDALANDI
Pastdarg‘om tumanida bu yil 302 ta fermer xo‘jaligidagi 16636 gektar maydonda boshoqli don parvarishlandi. Qilingan mehnat bugun o‘z samarasini bermoqda.
Jami reja 42202 tonna bo‘lib, 42325 tonna don xirmoni jamlandi va belgilangan reja 100,3 foizga ortig‘i bilan bajarildi. Ayni paytda, xirmon kelishi davom etmoqda.
Tumanda g‘alla o‘rim mavsumi uyushqoqlik bilan tashkillashtirildi. Mavsumga masʼul qilib biriktirilgan otryad aʼzolari ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, el rizqini nest-nobudgarchiliksiz yig‘ib olinishida katta hissa qo‘shishdi.
B.Kumakov, Navboxor, Ilm, Sh.Rashidov-2, M.Ulug‘bek, Chandirobod , Chimboyobod MMTP hududidagi 7 ta fermer xo‘jaligi shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajardi.
Xo‘jaliklarda yuqori hosil olgan Jamshid Xurshid Said, Eldor-K, Chorvador zamini dalalari, Gulxona, Saxovat Meridian BAO, Xoshimjon, Ravot zamin saxovati fermer xo‘jaliklarda gektaridan hosildorligi 95-105 sentnerga yetdi.
Shu o‘rinda, ilk urug‘ qadalishidan to hozirga qadar xizmat qilgan barcha mehnatkashlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.