Qo’shquduq mahallasida qad rostlayotga "Zarbdor" Jome masjidi
🔘 Pastdarg‘om tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov Qo’shquduq mahallasida qad rostlayotga "Zarbdor" Jome masjidi yangi binosining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Hokim mas'ullar ishtirokida masjid binosini ko'zdan kechirar ekan, qurilish ishlarini puxta va mustahkam amalga oshirish, texnika havfsizligi qoidalarga e'tibor qaratish lozimligini, shuningdek, masjidga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi.