insurez
01-05-2025 15:24

QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARI YAKULANDI


Xabaringiz bor, joriy yilning 28-aprel kunidan 30-aprel kuniga qadar Pastdarg‘om tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari davomida har bir soha vakillarining favqulodda vaziyatlarda bajarishi lozim bo‘lgan vazifalari, tezkorlik bilan aniq choralar ko‘rish tartibi, aholi xavfsizligini taʼminlash kabi bir qator muhim jarayonlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda o‘quv mashqlari davomida yo‘l qo‘yilgan kichik kamchiliklar xususida so‘z yuritilib, ularni bartaraf etish borasida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirlarda faol ishtirok etgan, o‘z xizmat vazifasini vijdonan ado qilib borayotgan sohalar rahbarlariga chuqur minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -