PROBATSIYA OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR
Tumanimizda Probatsiya oyligi doirasida Pastdarg‘om tuman IIB JXX Probatsiya nazoratidagi yoshlar ishtirokida bir qator tadbirlar o‘tkazilyapti.
Jumladan, tumanimizdagi "Tasviriy oyna ijodiy uyushmasi"da "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Unda nazoratdagi yoshlar korxona faoliyati, ishlab chiqarish va ish jarayonlari bilan tanishdilar.
Bu kabi tadbirlardan maqsad nazoratdagi yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va bandligini taʼminlashdir.