insurez
03-06-2024 10:57

Pastdarg‘omlik ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi


Joriy yilda Pastdarg‘om tumanidan Haj ziyoratiga 48 nafar otaxon va onaxonlar borishi rejalashtirilgan.

Bo‘lajak hojilarni tumandan kuzatish marosimida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov, tuman bosh imom-xatibi Ozod Nazarov, jamotchilik vakillari ishtirok etdi.

Yaratganning bayti sari yo‘l olayotgan, orzulari ushalgan tumandoshlarimiz eson-omon ziyorat qilib kelishni so‘rab, xayrli duolar qilishgan bo‘lsa, kuzatuvchilar Ka’batullohga borish ularga ham nasib etishini dillariga tugishdi.

Teglar
- -