insurez
24-01-2026 16:52

PASTDARG‘OMLIK YOSHLAR XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBI


Indoneziya davlatining Bali orolida "Seamo x - 2026" xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazildi.

Unda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur musobaqada Pastdarg‘om tumani vakillari ham munosib qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, tumanimizdagi Po‘latchi MFYda joylashgan "4K English School" maktabining o‘quvchilari 7 medal bilan yurtimizga qaytishdi.

Musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar medallar bilan birga, pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlandi.

Teglar
- -