insurez
24-07-2024 16:26

PASTDARG‘OMLIK YOSHLAR BILIMDA KUCH SINASHDI


👑Pastdarg'om  tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual musobaqasi murosasiz bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi.

💎Musobaqada tashkilotchilar tomonidan berilgan mantiqiy va aniq manbalarga asoslangan savollar, ishtirokchilarning qayd etgan yuqori natijalari ularning intellektual salohiyatlari yuqori ekanligidan dalolat berdi.

🎓Bilimdonlar bahsining yakuniy natijalariga ko‘ra:

🥇1-o‘rinni "Zangiboyi" mahallasi jamoasi qo'lga kiritdi;

🥈2-o‘rinni "Qo'shquduq" mahallasi jamoasi egalladi;

🥉3-o‘rin esa "Tozqulton" mahallasi jamoasiga nasib etdi.

✅Turnir yakunida g‘oliblar va faol ishtirok etgan jamoa vakillari Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan diplom, va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

✅Shuningdek musobaqada 1-o‘rinni egallagan "Zangiboyi" mahallasining jamoasi vakillari viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Teglar
- -