PASTDARG‘OMLIK NIGINADAN NAVBATDAGI NATIJA
Ayni kunlarda Ozarbayjon davlatida "MDH o'yinlari" kompleks musobaqalari o'tkazilmoqda.
Go'ygul shahrida bo'lib o'tgan dzyudo bahslarining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi.
Bugun tatamiga chiqqan 12 nafar dzyudochimiz chempionat sovrindoriga aylandi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etayotgan pastdarg'omlik Nigina Umrzoqova 52 kilogram vazn toifasida bronza medal sohibasiga aylandi.
Biz tumandoshimizni yuksak natija bilan tabriklab, kelgusi bellashuvlarda omad tilaymiz.