insurez
17-08-2024 17:20

PASTDARG‘OMDA YIRIK VA MUHIM LOYIHA BARPO ETILMOQDA


Investitsiya jalb etish natijasida yangi korxonalar bunyod etiladi, mavjudlarini texnik va texnologik jihatdan qayta quradi, raqobatdosh tovarlar ishlab chiqaradi, bu o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini vujudga kelishini taʼminlaydi. Ayniqsa, bir necha yillardan buyon bo‘sh turgan, samarasiz faoliyat yuritib kelayotgan, sobiq Samarqand kimyo zavodi negizida bo‘lishi, yana-da eʼtiborga molik.

Tumanimizning Kamolot mahallasi Kimyogarlar qo‘rg‘onida bo‘sh turgan "Samarqandkimyo" AJ ga alohida eʼtibor qaratilib, bugun ushbu korxona hamda Kipr davlatining "Ferkensso Management" kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 290,0 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xorijiy investitsiya hisobiga "Murakkab tarkibli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish" yirik loyihasining qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Bugun, tuman hokimi Sherzod Rahmonov tegishli masʼullar hamrohligida ushbu yirik loyihaning qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Ushbu loyihaning qurilish ishlari "Enter engineering" pudratchi korxonasi tomonidan amalga oshirilib, bugungi kunda, qurilish ishlariga 1300 dan ortiq mahalliy va xorijiy ishchilar jalb etilgan.

Loyihaning ishga tushishi natijasida 570 ming tonna NPK hamda 340 ming tonna MAF nomli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladi hamda 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Teglar
- -