Pastdarg‘om tumanida "Payshanba - yoshlar kuni" munosabati bir qator tadbirlar o‘tkazildi
Jumladan, tuman Madaniyat uyida "Hokim va yoshlar" ochiq muloqoti o‘tkazilib, unda yosh avlod vakillarining muammo hamda takliflari tinglandi.
Tadbirning badiiy qismida tumanimizning iqtidorli yoshlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va ko‘ngilochar chiqishlar davraga o‘zgacha xush kayfiyat baxsh etdi.
So‘ng, tumanimizdagi manzilli koloniyada tuman hokimi, DXX tuman masʼuli, prokuror, IIB boshlig‘i ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etilib, jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan umumiy, yakka tartibda suhbatlashildi hamda ularni qiynayotgan masalalar yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.




