📣PASTDARG‘OM TUMANI "HOKIM KUBOGI"GA START BERILDI
✅Mahalla yoshlari o‘rtasida 14-30 yosh toifasida o‘g‘il va qiz bolalar uchun sport, sanʼat, madaniyat, kitobxonlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilish maqsadida, musobaqa va tanlovlar joriy yilning iyul-avgust oylari davomida o‘tkaziladi.
Jumladan:
✍️Sport yo‘nalishida:
1. 🏓 Stol tennisi musobaqalari 9-12 iyul kunlari davomida;
2. ♟ Shaxmat-shashka musobaqalari 15-18 iyul kunlari davomida;
3.🤾♂️ Mini futbol musobaqalari - alohida reja grafik asosida;
4. 🤾♀️ Voleybol musobaqalari avgust oyi davomida;
5. 🤼 Milliy kurash musobaqalari avgust oyi davomida.
✍️Madaniyat yo‘nalishida:
1.🎼 Anʼanaviy xonandachilik tanlovi 29 iyul kuni;
2.🎨 Rassomchilik tanlovi 24 iyul kuni;
3. 🤹♂️ Sheʼriyat tanlovi 30 iyul kuni;
✍️Kitobxonlik va intellektual o‘yinlar yo‘nalishida:
1. Zakovat intellektual o‘yini 12 iyul kuni;
2. Yosh kitobxon tanlovi 26 iyul kuni.
✅Ushbu musobaqalar iyul oyi davomida mahallalarda ko‘chalar aro mahalla bosqichlari o‘tkaziladi.
✅ Avgust oyining birinchi yarmida sektor bosqichlari.
✅Hamda mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida tuman bosqichlari o‘tkaziladi.
🏙"Hokim kubogi" tanlov va musobaqalari 3 bosqichda:
1. Ko‘chalararo mahalla bosqichi;
2. Mahallalararo sektor bosqichi;
3. Sektorlararo tuman bosqichlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🏅Tanlov va musobaqalarning g‘oliblari mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida munosib tarzda taqdirlanadi.
🏆Siz ham shoshiling tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
👨💼 Batafsil maʼlumotlarni mahallangizdagi yoshlar yetakchisi orqali bilib oling.